Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi Uchqun Yelmuratov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🔺 Qabulda korxona va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida muhokama qilish va ularga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Qabul davomida o‘ndan ortiq uchquduqlik fuqarolarning murojaat, taklif va muammolari tinglandi.

🔺 Murojaatlarning asosiy qismi bandlik, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududni ijtimoiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish masalalariga oid bo‘ldi.

Xususan, O. Saidova Navoiy pedagogika universitetini jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlaganini bildirib, bandlik masalasida amaliy ko‘mak so‘radi. Murojaat yuzasidan u “Geologlar” qo‘rg‘onidagi 7-sonli DMTTga jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi lavozimiga ishga yuborildi.

Y. Chechurina ota-onasi xonadoniga doimiy ro‘yxatdan o‘tish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Mazkur masala tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, qonuniy asosda tegishli ko‘mak ko‘rsatilishi belgilandi.

🔺 D. Baqoyeva “Uchquduq – dehqon bozori” MChJ hududidagi avtomobillar to‘xtash joyini tartibga keltirish yuzasidan taklif bildirdi. Taklif mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, harakat xavfsizligini ta’minlash va avtoturargoh tartibini yaxshilash bo‘yicha choralar belgilandi.

🔹 Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida. Har bir murojaat qonuniylik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillari asosida o‘rganilib, ularning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 4