Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#Kotibiyat_mudiri
#162_qonun
#Biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida ijtimoiy himoya masalalari deputatlar nazoratida

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat-tahlil tadbiri O‘zbekiston Respublikasining "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqib tashkil etildi. Mazkur qonunda aholining, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning sifatli, manzilli va o‘z vaqtida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish huquqlari kafolatlangan.

✅Nazorat davomida tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya xizmatlari va imtiyozlarning amaldagi holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida:
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida tayinlanishi;
🔹 reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlanish darajasi;
🔹 markazda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xodimlarning xizmat ko‘rsatish madaniyati va muomala etikasi yuzasidan monitoring olib borildi.

✅Nazorat yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini
kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda davlat xizmatlari sifati ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1