Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Mahalla binosida patronaj xonasini tashkil etish haqidagi murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanning “Boladala” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahalla binosida patronaj xonasini tashkil etish haqidagi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

🔻O‘rganish davomida mazkur mahallada yangitdan barpo etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ko‘zdan kechirilib, aholi va mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuvda mahallada tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq mavjud holat, aholining ehtiyojlari hamda mavsumiy qiyinchiliklar muhokama qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda ushbu mahalla aholisiga qo‘shni mahallada joylashgan oilaviy shifokorlik punkti tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Biroq mahallaning tog‘li hududda joylashgani, ayniqsa, kuz-qish mavsumida ob-havo va yo‘l sharoitlarining murakkablashishi natijasida aholining oilaviy shifokorlik punktiga borib-kelishida muayyan qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan aholi tomonidan yangi qurilgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosida patronaj va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun hamshira xonasini tashkil etish taklifi bildirildi.

🔻Deputatlar tomonidan mazkur taklifning amaliy ahamiyati, mahalladagi aholi soni va tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyoj, mavjud bino imkoniyatlari hamda amaldagi sog‘liqni saqlash tizimi talablari nuqtai nazaridan o‘rganib chiqildi. O‘rganish yakunida deputatlar aholining mazkur taklifini qonunchilik talablari asosida hal etish maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborish va vakolatli mutasaddilar bilan birgalikda uning huquqiy hamda amaliy yechimini topish choralarini ko‘rishlarini bildirdilar.

Slide 1 of 6