Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 76-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

 24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 76-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🏫 Shu doirada Parchaqara mahallasida joylashgan 76-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi va qozonxonasi holati ko‘zdan kechirildi.

⚠️ O‘rganish jarayonida maktabdagi 2 dona qozon (kotel) yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi.

📌 Mazkur holat yuzasidan mavjud muammoni bartaraf etish, isitish tizimini mavsumga puxta tayyorlash hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.

📍 Sessiyaoldi o‘rganish — muammoni joyida aniqlash, uni sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish va amaliy yechimga yo‘naltirish imkonini beradi. 

Slide 1 of 2