Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
ISHCHI GURUH FAOLIYATI O‘RGANILDI

ISHCHI GURUH FAOLIYATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Aliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev tomonidan Beklar mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh faoliyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
🔎 Suhbat davomida ishchi guruh a’zolarining mahalladagi aholi bilan ishlash jarayoni, ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasidagi ishlari muhokama qilindi.
📋 Shuningdek, mahallada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy infratuzilma loyihalari, ularning ijrosi va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Ishchi guruh faoliyatini yanada samarali tashkil etish, har bir xonadon bilan manzilli ishlash va aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 1