Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
DEPUTATLAR UCHUN MUHIM SEMINAR: TA’SIRCHAN DEPUTATLIK NAZORATI VA AHOLI MUROJAATLARI

DEPUTATLAR UCHUN MUHIM SEMINAR: TA’SIRCHAN DEPUTATLIK NAZORATI VA AHOLI MUROJAATLARI

🗓 Joriy yilning 22-sentabr kuni soat 11:00 da O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o'rganish markazi tomonidan mahalliy Kengashlar raislari va deputatlari uchun barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

📋 Seminar doirasida deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, hududlarda bandlik va daromadlarni oshirishga qaratilgan ishlarni o‘rganish, aniqlangan muammolar bo‘yicha amaliy choralar belgilash hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📑 Shuningdek, Ko‘maklashuvchi komissiyaning 2026-yil 17-sentabrdagi 22-06/3744-sonli xati bilan yuborilgan tegishli hujjatlar — tavsiyalar va namunalar seminar oldidan barcha deputatlarga yetkazildi.

👥 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari ham mazkur seminarda faol ishtirok etib, deputatlik nazoratini yanada samarali tashkil etish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

🤝 Maqsad — deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish.