Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Katta Do‘mbirobod mahallasida ichki yo‘llar asfaltlashtirildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Xalq nazorati va aholi murojaatlari” platformasi orqali Chilonzor tumani fuqarolaridan ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan jami 79 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar o‘rganilib, tahlil qilinganidan so‘ng, jami 10 924 kv.m hajmdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilishi ustidan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan nazorat olib borildi.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar asosida Katta Do‘mbirobod mahallasidagi Gavhar ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari yakunlanib, yo‘l asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi. Mazkur ishlarning borishi deputat Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, asfaltlashtirish jarayoni nazorat qilindi.
Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida hududdagi yo‘l infratuzilmasining holati yaxshilanib, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratildi. Bu kabi amaliy ishlar hudud infratuzilmasini rivojlantirish va mahallalar obodonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3