Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
FUQAROLAR MUROJAATI — DEPUTAT E’TIBORIDA
#fuqarolar_murojaati
#deputatlik_nazorati
#amaliy_natija

FUQAROLAR MUROJAATI — DEPUTAT E’TIBORIDA

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu asosda, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S. Xamrayev o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Murojaatlar davomida ko‘chalardagi elektr simlarining daraxt shoxlariga tegib turgani, shuningdek, hududdagi suv nasoslari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Fuqarolar mazkur holatlar ayrim noqulayliklarni yuzaga keltirayotganini bildirdilar.

Shuningdek, deputat tomonidan ko‘chalardagi elektr simlari va suv nasoslarining mavjud holati joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan masalalar tegishli tashkilotlar vakillari bilan muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Murojaatga ijobiy yechim topish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda. Fuqarolarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlash, mavjud muammolarni to‘liq bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Mazkur murojaatlar tez orada ijobiy yechim topishi va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar amaliy jihatdan bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.

Muammo o‘rganildi — amaliy ish boshlandi.

Mas'ul Kengash bosh mutaxassisi Z.Temirova.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 6