Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
DEPUTAT TOMONIDAN MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Parkent dehqon bozorida jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.O‘rganish jarayonida bozordagi savdo rastalari faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, savdo qoidalariga rioya etilishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi” faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, go‘sht, guruch,piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, sifati hamda aholiga yetkazib berilish jarayoni o‘rganildi.O‘rganish davomida aholi uchun kundalik ehtiyoj
hisoblangan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi ta’minlanganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat aholining xarid qobiliyatini barqaror saqlash,kundalik iste’mol ehtiyojlarini qondirish hamda ijtimoiy jihatdan muhim mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, narxlarning asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan barqaror ta’minlash hamda mavsumiy mahsulotlar zaxirasini muntazam to‘ldirib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.Jamoatchilik nazorati yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan fikr almashilib, bozorda sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash, savdo madaniyatini yanada yuksaltirish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash hamda aholining manfaatlarini
himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 4