Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
KUTUBXONA FAOLIYATI JAMOATCHILIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududida joylashgan 37-sonli “Chotqol” madaniyat markazi kutubxonasi faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud sharoitlar,kitob fondining holati, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kutubxona xizmatlari sifati bilan yaqindan tanishildi.Muassasa xodimlari bilan suhbat davomida mavjud kitoblar fondini boyitish,kitobxonlar, ayniqsa, yoshlar va o‘quvchilarni kutubxonaga keng jalb etish,mutolaa madaniyatini oshirish hamda kutubxona xizmatlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, kutubxonada kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish sharoitlari, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, kutubxona faoliyatini yanada jonlantirish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.Deputat tomonidan kutubxonaning moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash, kitob fondini zamonaviy va mazmunan boy adabiyotlar bilan to‘ldirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.Jamoatchilik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.  

Slide 1 of 6