Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududida joylashgan 37-sonli “Chotqol” madaniyat markazi faoliyati jamoatchilik nazorati
tartibida o‘rganildi.O‘rganish davomida madaniyat markazi rahbari Alisher Abdukarimov bilan markazning moddiy-texnik bazasi, binoning umumiy holati,to‘garaklar faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, markazda faoliyat yuritayotgan ijodiy to‘garaklar va aholi uchun tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi.Jumladan, tikuvchilik to‘garagi rahbari Mashhura G‘oziyeva, “Nishona” an’anaviy xonandalik to‘garagi rahbari Bo‘ronov Ikrom hamda milliy hunarmandchilik to‘garagi rahbari Po‘latxo‘jayev Dilmurod bilan suhbatlar o‘tkazilib, to‘garaklarda yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, ishtirokchilar qamrovi va mavjud ehtiyojlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.Shuningdek, madaniyat markazi binosidagi mavjud jihozlar, sahna anjomlari va boshqa moddiy-texnik vositalarning holati ko‘zdan kechirildi.Deputat tomonidan madaniyat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, ijodiy to‘garaklar qamrovini kengaytirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.Mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazorati ishlari davom ettirilib, madaniyat markazining faoliyatini rivojlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini oshirish masalalari deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.
  

Slide 1 of 9