Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Katta Qozirobod mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududlarda izchil amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Xalq nazorati va aholi murojaatlari” platformasi orqali Chilonzor tumani fuqarolari tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida 79 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar tahlili asosida jami 10 924 kv.m hajmdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalardan kelib chiqib, Katta Qozirobod mahallasi ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari boshlandi. Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish hamda hudud obodligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8