35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
“Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov tomonidan “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida yangi mahalla binosi qurilishini jadallashtirish, biriktirilgan tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, ichki ko‘chalarni namunali ko‘rinishga keltirish hamda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi muhokama qilindi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va bajarilish sur’atlari tanqidiy tahlil qilinib, mas’ullarga qurilish hamda obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifat talablariga to‘liq rioya etgan holda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda Tortuli mahallasini “Yangi O‘zbekiston” qiyofasiga munosib namunali hududga aylantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Slide 1 of 5