35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
Bozordagi mahsulotlar narx-navosi o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 10-“Mustaqillik” okrugi deputati O‘zMTDP a’zosi S.Ergasheva va kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan Bekobod dehqon bozorida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlari narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi. O‘rganishda dehqon bozori ma’muriyati va
shahar Veterinariya bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Bozor hududida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilgan. Savdo shoxobchasida deyarli barcha turdagi qishloq xo‘jaligi va kundalik ehtiyoj mahsulotlari mavjudligi aniqlandi. Biroq, arzonlashtirilgan yarmarkada go‘sht mahsuloti 80,0 ming so‘m deb yozilgan, biroq go‘sht tugab qolganligi ma’lum bo‘ldi. Mahsulotlar narxlari to‘g‘risida fuqarolar bilan gaplashilganda har bir mahsulot bo‘yicha tanlov imkoniyati mavjudligi, mahsulotlar sifati ham qoniqarli ekanligini ma’lum qildilar. O‘rganish yakunida arzon go‘shtni zaxirasini oshirish va bozor talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda savdo rastalarida doimiy bo‘lishi yuzasidan tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4