Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Tibbiyot muassasalarida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi — nazoratda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘rganish bo‘yicha deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi deputatlar e’tiborida.

Mazkur qaror bilan tibbiyot muassasalarida pulli tibbiy va qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish, xizmatlar tariflarini shakllantirish, tushgan mablag‘lardan foydalanish, mijozlarni qabul qilish va ular bilan shartnomalar tuzish tartiblari belgilangan.

🔎 Deputatlik nazorati davomida
quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
▫️ kafolatlangan paket doirasida aholiga bepul ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan tibbiy xizmatlarning ta’minlanishi;
▫️ pulli xizmatlar bo‘yicha tasdiqlangan narxnoma va kalkulyatsiyalarning mavjudligi;
▫️ fuqarolardan to‘lovlarning faqat belgilangan tartibda undirilishi;
▫️ pulli xizmatlardan tushgan mablag‘larning alohida hisobga olinishi va maqsadli sarflanishi;
▫️ tibbiy xizmatlar tariflarining asoslanganligi;
▫️ bemorlarga xizmat turi, narxi va to‘lov shartlari haqida to‘liq ma’lumot berilishi;
▫️ pulli stasionar xizmatlarda bemor bilan tegishli shartnomalar tuzilishi;
▫️ pulli xizmatlar bo‘yicha statistika, monitoring va buxgalteriya hisobining yuritilishi.

📋 Asosiy maqsad — aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlarini ta’minlash, bepul va pulli xizmatlar o‘rtasidagi chegaralarning aniq belgilanishiga erishish, pulli xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolardan asossiz to‘lov undirilishining oldini olish.
Slide 1 of 1