35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi — deputatlik nazorati e’tiborida

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova saylov okrugiga qarashli “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini olib bordilar.
Nazorat-tahlil tadbiri davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida tuzilgan savolnoma asosida profilaktika inspektorining bugungi kundagi xizmat faoliyati yuzasidan batafsil suhbat olib borildi.
Suhbat davomida mahallada huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish, nazoratdagi shaxslar bilan ishlash, oilaviy nizolar va boshqa ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.
Mahalla hududini kameralashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Profilaktika inspektorining hududdagi jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash, kuzatuv kameralari o‘rnatilishi lozim bo‘lgan nuqtalarni aniqlash hamda videokuzatuv tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi.
Shuningdek, mahalladagi xavf-xatarlarni tahlil qilish, huquqbuzarlik sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash va bunday joylarda profilaktik choralarni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Deputatlar tomonidan profilaktika inspektorining mahalla faollari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarga e’tibor qaratish, huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Nazorat-tahlil tadbirining asosiy maqsadi — mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning tinch va xavfsiz hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.
Tadbir davomida bildirilgan taklif va mulohazalar Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni ko‘rib chiqishda hamda keyingi deputatlik nazoratini amalga oshirishda inobatga olinadi.