Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
#sport #deputatnazorati
Yangi oʻquv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolayotgan ushbu masʼuliyatli pallada taʼlim muassasalarining tayyorgarlik holati va oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish eng muhim vazifalarimizdan biridir.
Shu munosabat bilan, Olmaliq shahar "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan 12-sonli umumtaʼlim maktabida amaliy oʻrganish va monitoring ishlari olib borildi.

🎯 Oʻrganish davomida"
Sport infratuzilmasi: Maktab sport zalining bugungi holati va mavsumga tayyorgarligi;
Moddiy-texnik baza: Sport anjomlarining yetarlilik darajasi hamda zaruriy zaxira bazasining mavjudligi;
Toʻgaraklar faoliyati: Oʻquvchi-yoshlarning darsdan tashqari vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish uchun toʻgaraklar ishining yoʻlga qoʻyilganligi;
Kadrlar salohiyati: Dars berayotgan va toʻgaraklarni olib borayotgan pedagog hamda murabbiylarning malaka darajasi va kasbiy tayyorgarligi.
“Sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashda sifatli taʼlim bilan birga, jismoniy tarbiya va sportning oʻrni beqiyosdir. Maqsaddimiz — har bir bolaning oʻz qiziqishi boʻyicha sport bilan shugʻullanishi uchun xavfsiz va zamonaviy sharoit yaratishdir.”
📋 Natijalar va nazorat:
Oʻrganish jarayonida ijobiy ishlar bilan bir qatorda muayyan kamchiliklar va yechimini kutayotgan masalalar ham kuzatildi. Aniqlangan barcha kamchilik va muammolar deputatning muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi va ularni qisqa fursatda bartaraf etish boʻyicha shaxsiy ijro nazoratiga olindi.
📌 Tashkilotchilar va ishtirokchilar: Mazkur amaliy oʻrganish Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev hamda Kengash kotibiyati mudiri Sevara Qodirova boshchiligida oʻtkazildi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov faol va tashabbuskorlik koʻrsatdi.
Oʻrganish yakunida maktab jamoasiga yangi oʻquv yilida muvaffaqiyatlar tilandi. Farzandlarimiz kelajagi va salomatligi uchun masʼuliyatli ishlarimiz izchil davom etadi!
Slide 1 of 4