Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
#qonun_ijrosi #mahalla_yettiligi #o'rganish

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-681-sonli Qonuni hamda ayni sanadagi O‘RQ-680-sonli Qonuni talablari ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishini qo‘llab-quvvatlash va fitosanitariya xavfsizligini ta'minlash maqsadida amaliy o‘rganishlar tashkil etildi.

Mazkur jarayon doirasida shahardagi "Hilol" mahallasida hudud deputati Muhiddin Abdullayev hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova boshchiligida xonadonlarma-xonadon yurib, holat yaqindan o‘rganildi. O‘rganish ishlarini yuqori saviyada tashkil etishga Kotibiyatdan mas'ul xodim Mukarram Ne’matullayeva mas'ul etib belgilandi.

Tomorqadan maqsadli va unumli foydalanish O‘RQ-681-sonli qonun ijrosi: Har bir xonadon egasining o‘z tomorqa yer maydonidan oqilona foydalanishi, yerlarni bo‘sh qoldirmasdan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishi, issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘RQ-680-sonli qonun ijrosi:  Ekinlarni turli kasallik va zararkunandalardan o‘z vaqtida himoya qilish, sifatli hamda sertifikatlangan urug‘ va ko‘chatlardan foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ekologik va sanitariya talablariga rioya etilishi nazorat qilindi.
♻️O‘rganishlar maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida olib borilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar (suv ta’minoti, urug‘lik va o‘g‘itlar bilan ta’minlanish, yetishtirilgan mahsulotni sotish va boshqalar) o‘rganildi va tegishli mas'ullarga yo‘naltirildi.
Eslatib o‘tamiz: Tomorqa yerlaridan oqilona va unumli foydalanish nafaqat har bir oilaning farovonligi va daromadini oshiradi, balki ichki bozorlarda oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta'minlashning eng muhim poydevoridir. Bu boradagi targ‘ibot va amaliy o‘rganishlar davom etadi.

Slide 1 of 10