Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
#sessiyaga qadar o'rganish #xavfsizlik

Olmaliq shahrida aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi tizimli ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov hamda shahar Kengashi kotibiyatidan biriktirilgan mas’ul xodim Muhriddin Begmatov ishtirokida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.

Deputat shahar inspeksiyasi faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat bilan tanishish maqsadida "Chambil" mahallasi profilaktika inspektori bilan hamkorlikda uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur tadbir doirasida hududda yashovchi, spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qiluvchi, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki insonning ongi va irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaramligi aniqlangan shaxslarning oilaviy sharoiti atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔹Oila a’zolarining yashash sharoitlari: Ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
🔹Ijtimoiy-ma’naviy muhit: Oilalardagi o‘zaro munosabatlar, sog‘lom muhitni tiklash va nizoli vaziyatlarning oldini olish;
🔹Farzandlar tarbiyasi: Voyaga yetmaganlarning ta’lim va tarbiya jarayonlari, ularning psixologik holatiga salbiy ta’sirlarni kamaytirish;
🔹Xavf omillari: Kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va salbiy holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni tahlil qilish hamda bartaraf etish.

✅Natija va keyingi qadamlar: Mazkur o‘rganishlar yuzasidan to‘plangan barcha tahliliy ma’lumotlar xalq deputatlari shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga taqdim etildi.
Ushbu materiallardan xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibida rejalashtirilayotgan shahar Ichki ishlar bo‘limi (IIB) rahbarining hisoboti muhokamasida unumli foydalanish hamda hududiy muammolarga yechim topish maqsadida asos sifatida foydalaniladi.
Maqsad aniq: Mahallalarda jinoyatchilikdan xoli muhit yaratish, zararli odatlarga qaram bo‘lib qolgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish hamda deputatlik nazorati orqali mas'ullarning mas'uliyatini yanada oshirishdan iboratdir.

Slide 1 of 3