Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganilib, deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nuroniy fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularga yaratilgan imtiyozlardan foydalanish holati, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga manzilli yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarning ehtiyojlarini o‘rganish, ularga belgilangan imtiyozlardan foydalanishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son) hamda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar va nuroniylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish, ularning murojaatlarini manzilli o‘rganish, mavjud imtiyozlardan to‘liq foydalanishini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5