Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
📊 SHOVOT TUMANINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔷 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan tomonidan 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich hududiga kiruvchi "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Monoq mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining borishi joyiga chiqqan holda monitoring qilindi.
🏗 Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
💰 Dastur doirasida Monoq mahallasiga 5 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish hamda aholi turmush sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
📌 Loyiha doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilangan:
✅ Monoq mahallasi markazini zamonaviy qiyofada shakllantirish;
✅ Tadbirkorlik faoliyati uchun zarur infratuzilmani yaratish;
✅ Mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qurish;
✅ "Xorazm", "Xorazm-1" va "Quvonch-1" ko‘chalarida 2,5 km piyodalar yo‘laklari qurish;
✅ Mazkur ko‘chalarga 60 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish;
✅ "Quvonch-1" va "Xorazm-1" ko‘chalarini 2,2 km asfaltlash;
✅ "Quvonch-2" ko‘chasini 1,7 km shag‘allashtirish;
✅ "Xorazm" ko‘chasiga 1 dona transformator o‘rnatish;
✅ "Quvonch-1", "Quvonch-2", "Do‘stlik-2", "Do‘stlik-3", "Do‘stlik-9", "Xorazm-2", "Xorazm-3", "Xorazm-7" hamda "Hunarmand" ko‘chalariga 3 km elektr tarmog‘i tortish;
✅ Monoq mahallasidagi 21 gektar tomorqa yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida "G‘allakor" ko‘chasidagi 1 km ariqni betonlashtirish.
🔎 Monitoring davomida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z muddatida bajarilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla yettiligi bilan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🤝 Bugungi kunda Monoq mahallasining barcha hududlarida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Loyihalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta'minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar deputatlik nazorati ostida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3