Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
SOG‘LOM AVLOD — SOG‘LOM KELAJAK: “JO‘RABEK” MAHALLASIDAGI YANGI SPORT MAYDONCHASI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ SOG‘LOM AVLOD — SOG‘LOM KELAJAK: “JO‘RABEK” MAHALLASIDAGI YANGI SPORT MAYDONCHASI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillyashayxov Yashnobod tumanidagi “Jo‘rabek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi, ayniqsa, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida barpo etilgan yangi sport maydonchasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔺 O‘rganishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayziyeva, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi Muzaffar Yusupov, partiyaning Yashnobod tuman Kengashi raisi Dildora Mavlyanova, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, shuningdek, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdi.

📁 O‘rganish davomida mahalla hududidagi avval bo‘sh turgan maydonda barpo etilgan yangi sport maydonchasida yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Maydonning zamonaviy sport va workout jihozlari bilan ta’minlangani, bolalar hamda katta yoshdagi fuqarolarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi uchun qulay muhit yaratilgani alohida e’tirof etildi.

📉 Shuningdek, sport maydonchasining yer qismiga maxsus yumshoq va xavfsiz qoplama yotqizilgani, bu esa mashg‘ulotlar vaqtida turli jarohatlar xavfini kamaytirish hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

🔎 Deputat Mirzag‘olib Tillyashayxov mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlarining mavjudligi, ularning jihozlanish darajasi, xavfsizligi hamda fuqarolarning ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishi masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

💬 O‘rganish jarayonida mahalla faollari va nuroniylar bilan ham muloqot qilinib, yangi sport maydonchasidan samarali foydalanish, uni doimiy ravishda soz va ozoda holatda saqlash, sport jihozlarini asrab-avaylash hamda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada keng jalb etish yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Ta’kidlanganidek, mahallalarda zamonaviy sport maydonchalari va workout zonalarini tashkil etish nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, balki aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 “Sog‘lom avlod — sog‘lom kelajak” tamoyili asosida mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan aholining samarali foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda bu boradagi ishlarni deputatlik nazorati asosida o‘rganib borish izchil davom ettiriladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3