Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A. Amanlikov tomonidan Ijodkor va Ma'naviyat mahallalari saylovchilariga 2026-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan axborot berildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X. Berdiyarova ham ishtirok etib, saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilishida hamda bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganishda qatnashdi.

👥 Axborot davomida deputat tomonidan hududlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilma loyihalari hamda saylovoldi dasturi doirasida bajarilgan vazifalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

✅ Ijodkor mahallasida:

🔹 Mahalla zamonaviy kanalizatsiya tarmog‘iga ulandi.

🔹 Furqat, Yurtparvar, Bayram, Sadoqat, Islomobod va Ijodkor ko‘chalari asfaltlashtirilib, aholi uchun qulay transport qatnovi yaratildi.

🔹 20V020 avtomobil yo‘lining 10–15-km oralig‘ida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha asfaltobeton qoplamasi bilan ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

✅ Ma'naviyat mahallasida:

🔹 Transformator o‘rnatildi.

🔹 1,3 km piyodalar va veloyo‘lak barpo etildi.

🔹 1,3 km yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.

🔹 Quyosh panelli hamda dekorativ ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi.

🔹 Soyabonli o‘rindiqlar va dekorativ chiqindi qutilari joylashtirildi.

🔹 18 xonadondan iborat avariya holatidagi ko‘p qavatli uyni buzish (snos) ishlari uchun 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilishi ta'minlandi.

📝 Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar:

📍 Ijodkor mahallasida sug‘orish (irrigatsiya) tizimini barpo etish;

🚧 Yangi asfaltlangan ko‘chalarda transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanayotganligi sababli sun'iy yo‘l notekisliklari (tezlikni cheklovchi yo‘l to‘siqlari) o‘rnatish;

🚸 Furqat ko‘chasiga zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish;

🌳 Ko‘p qavatli uylar hududini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha obodonlashtirish xodimlarini biriktirish;

🚛 Yangi asfalt qilingan ichki ko‘chalarda yo‘l qoplamasini saqlab qolish maqsadida og‘ir yuk avtomobillari harakatini cheklash choralarini ko‘rish;

🏢 Ko‘p qavatli uylarning eskirgan derazalarini almashtirish hamda ta'mirlash ishlarini Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan amalga oshirish.

📌 Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat hamda Kengash kotibiyati vakillari tomonidan nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va nazorat tadbirlari amalga oshirilishi ta'kidlandi. 

Slide 1 of 9