Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi

Lochin MFYda suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-son “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan deputatlik nazorati vakolatlari doirasida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan 5-Bunyodkor saylov okrugi hududidagi Lochin mahalla fuqarolar yig‘inida suv resurslaridan oqilona foydalanish, daraxtlar va yashil hududlarning sug‘orilish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi daraxtlar, ko‘chatlar va boshqa yashil hududlarning sug‘orilishi, sug‘orish tarmoqlarining texnik holati hamda suv resurslaridan samarali va tejamkor foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari va mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazilib, yashil hududlarni muntazam sug‘orish, mavjud daraxtlarni saqlash, yangi ko‘chatlarni parvarishlash hamda suvdan oqilona foydalanish madaniyatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sug‘orish tizimlari samaradorligini oshirish va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yashil hududlarni asrab-avaylash ekologik barqarorlikni ta’minlash, hududlarning obodonligini saqlash hamda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3