Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan tuman Kengashi deputati
N.Xamidovaning tashabbusi bilan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda bandlikka ko‘maklashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda o‘zini o‘zi band qilish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning bandlik masalasidagi murojaat va takliflari o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mas’ul tashkilotlarga aholi bandligini yana-da oshirish, ishsiz fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasbiy o‘quvlarga jalb qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur masala ijrosi Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining deputatlik nazoratiga olindi

Slide 1 of 1