Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Guliston dehqon bozorida narx-navolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Guliston dehqon bozorida narx-navolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan deputatlik vakolatlari va nazorat funksiyalari doirasida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov 5-Bunyodkor saylov okrugi hududida joylashgan Guliston dehqon bozori faoliyatini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavot va boshqa iste’mol tovarlarining narx-navolari, mahsulotlar sifati, savdo rastalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bozor ma’muriyati va tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, narxlar barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar sifati va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda savdo madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari yuzasidan tegishli mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib zarur tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, aholini sifatli, xavfsiz va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash hamda bozorlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish doimiy deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5