Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
FUQAROLAR MUROJAATI AMALDA O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 1-Beshyog‘och saylov okrugi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna faoliyat olib borayotgan Katta Olmazor mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida mahalla hududidagi 16/4-sonli ko‘p qavatli uy tom qismining 40 kvadrat metr maydoni to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

Ta’mirlash ishlari davomida tom qismining muammoli holati bartaraf etilib, uning texnik holatini yaxshilashga qaratilgan zarur ishlar amalga oshirildi.

Mazkur ishlar aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uy-joylarni obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarga o‘z vaqtida amaliy yechim topish maqsadida amalga oshirildi.

Deputat tomonidan saylov okrugidagi fuqarolar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning murojaatlarini tizimli ravishda o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1