Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat saylovchilar bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlarini tingladi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlarini tingladi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 14-"Navro‘z" saylov okrugidan saylangan deputat S.Avazov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan "Nelobo" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida deputat o‘z saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan batafsil axborot berdi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar haqida ham ma’lumot berildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ko‘tarilgan masalalarning bir qismi yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan murojaatlar esa deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusidagi deputatlik faoliyatida inobatga olinishi, fuqarolar bilan bunday uchrashuvlar muntazam ravishda davom ettirilishi ta’kidlandi.
Slide 1 of 3