Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Mahallada nogironlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda Qonun ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Mahallada nogironlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda Qonun ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Chorshanbiyeva hamda “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, mazkur doimiy komissiya a’zosi N.Xamdamova tomonidan “Terakzor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 36–41-bandlari ijrosi yuzasidan mahallada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi, infratuzilma ob’ektlarining qulayligi, shuningdek, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining holati tahlil qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 15 oktabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–641-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Xususan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlash, davlat va jamoat xizmatlaridan to‘siqsiz foydalanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga tavsiya va takliflar berildi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputatlik nazorati doirasida bu kabi o‘rganishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Slide 1 of 1