Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
#_deputat_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
#_deputat_faoliyati
#_doimiy_komissiya_faoliyati


Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi yig'ilishni doimiy komissiya raisi S.Asadov olib bordi.

Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan oltita muhim masala atroflicha muhokama qilindi.
  Kun tartibidagi birinchi masala - Sariosiyo tumanida iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan 2026-yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar belgilangan vazifalar to‘g‘risida tumani hokimining birinchi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala - Tuman Soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi to‘g‘risidagi hisoboti haqida tuman Solin inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.
Kun tartibidagi uchinchi masala - Sariosiyo tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-2-choraklari davomida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ijarasidan tushgan mablag‘lar hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida ushbu masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi to'rtinchi masala - Tuman hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.
Kun tartibidagi beshinchi masala - Sariosiyo tumani mahalliy budjetining 2026-yil II choragi davomida qo‘shimcha manbalar hisobidan shakllangan mablag‘larni taqsimlash to‘g‘risida tuman hokiming birinchi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.
 Kun tartibidagi oltinchi masala — Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida bo‘lib, ushbu mablag‘larni hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish va ijtimoiy obyektlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli tavsiya berildi.
Slide 1 of 3