35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
янв.21
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: IJTIMOIY DORIXONADAGI SHART-SHAROITLAR VA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar amalda: Hokim yordamchisi ko‘magida "Xazora" mahallasidagi ehtiyojmand oilaga ssuda ajratildi
ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN FOTOALBOMLAR YO‘NALISHLARI⬇️


🏆⭐“ENG NAMUNALI MAHALLA” NOMINATSIYASI BO‘YICHA

FOTOALBOM (52 TA RASM)

1. Mahalla xizmat binosining tashqi ko‘rinishi hamda uning atrofi obodonlashtirilganligini aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

2. Mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning holati va ko‘chalar nomlarini aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

3. Mahalla hududidagi xonadonlarning holati hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilganligini aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

4. Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni va boshqa umumxalq bayramlari munosabati bilan mahallada o‘tkazilgan tadbirlardan fotolavhalar — 4 ta rasm.

5. Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) majlisini o‘tkazish jarayonidan fotolavhalar — 4 ta rasm.

6. Fuqarolar yig‘ini kengashi majlisini o‘tkazish jarayonidan fotolavhalar — 4 ta rasm.

7. Taftish komissiyasi majlisini o‘tkazish jarayonidan fotolavhalar — 4 ta rasm.

8. Hududdagi aholining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

9. Bolalar o‘yingohlari va sport maydonlarining belgilangan talablar asosida barpo etilganligini aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

10. Ijtimoiy soha obyektlarining obodligi, tozaligi hamda sanitariya qoidalariga muvofiqligi ta’minlanganligini aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

11. Masjidlar, qabristonlar va ziyoratgohlarning obodonlashtirilganligini aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

12. Xonadonlar va ichki ko‘chalarning ko‘rkamligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

13. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahalla hududida ekilgan daraxtlarning ko‘karishi va parvarishlanganligini aks ettiruvchi fotolavhalar — 4 ta rasm.

Bu shaklda 13 ta yo‘nalish × 4 ta rasm = 52 ta rasm

Slide 1 of 1