Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot va uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati hamda hududni obodonlashtirishga oid taklif va murojaatlar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir masala diqqat bilan tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Deputat S. Abduvaliyeva aholi manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.