Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
"Toqchi" mahallasidan o‘tuvchi "Duoba" MFY bilan bog‘lovchi 75V077 avtomobil yo‘lining 1.09 kilometr qismini ta’mirlash ishlari boshlandi.

"Toqchi" mahallasidan o‘tuvchi "Duoba" MFY bilan bog‘lovchi 75V077 avtomobil yo‘lining 1.09 kilometr qismini ta’mirlash ishlari boshlandi.

✅ Hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda ichki yo‘llarning sifatini yaxshilash maqsadida "Toqchi" mahallasidan o‘tuvchi va "Duoba" mahalla fuqarolar yig‘ini bilan bog‘lovchi 75V077 avtomobil yo‘lining 1.09 kilometr qismida ta’mirlash ishlari boshlandi.

✅ Mazkur yo‘l uzoq yillardan buyon hudud aholisi uchun muhim transport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘ldan har kuni mahalla aholisi, o‘quvchilar, tadbirkorlar va transport vositalari faol foydalanadi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, qatnov uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi, yo‘lning o‘tkazuvchanligi oshadi hamda transport qatnovida yuzaga kelayotgan noqulayliklar bartaraf etiladi.

✅ Shuningdek, mazkur loyiha mahallalar o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish hamda aholining uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qiladi.

✅ Xalq deputatlari tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi deputatlari birgalikda Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 3-Toqchi saylov okrugi hududida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib boriladi.

Ma'lumot uchun: Ushbu dastur doirasida "Toqchi" mahallasidan o‘tuvchi "Duoba" MFY bilan bog‘lovchi 75V077 avtomobil yo‘lining 1.09 kilometr qismi asfaltlanadi, 2 km latok hamda 1 km piyodalar yo'lakchasi qurishi nazarda tutilgan

Slide 1 of 5