Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatining 2026-yil 6-avgustdagi ish rejasiga asosan tuman hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi O.Isanov hamda Kengash kotibiyati mudiri X.Berdiyarova ishtirok etib, Boyovut tumanining “Madaniyat” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Boyovut Cotton Textile” MCHJning ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdilar.

Qiymati 20 million AQSH dollari bo‘lgan mazkur loyiha doirasida yiliga 7,2 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi, zamonaviy Germaniya uskunalari o‘rnatilishi, 330 ta yangi ish o‘rni yaratilishi hamda yiliga 5 million AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, korxona faoliyati natijasida mahalliy budjetga yiliga 12 milliard so‘m tushum ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish davomida loyihaning amalga oshirilish holati, qurilish va ishlab chiqarish jarayonlari hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, loyiha ijrosi yuzasidan muammo va kamchiliklar aniqlanmadi. Investitsiya loyihasi belgilangan reja asosida amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

Slide 1 of 9