Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
#24_ta_masala #Kosonsoy_tuman_Kengashi #Deputat_nazorati #Qaror_ijrosi
#24_ta_masala
#Kosonsoy_tuman_Kengashi
#Deputat_nazorati
#Qaror_ijrosi

🏢 Zamondosh mahallasida yangi mahalla binosi qurilishi ishlari o‘rganildi.

🏦Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining VII-13-120-6-80-K25-sonli qarori bilan Zamondosh mahallasida aholiga zamonaviy va qulay sharoit yaratish maqsadida yangi mahalla binosini qurish uchun 250 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosi hamda qurilish ishlarining borishi Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 7-Shirinbuloq saylov okrugi deputati A. Dadajonov va 9-Zamondosh saylov okrugi deputati N. Ismoilova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida yangi mahalla binosi qurilishi yakunlangani, ayni paytda binoda ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Binoning zamonaviy talablar asosida jihozlanishi va aholiga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🏗 Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

🇺🇿 Yangi mahalla binosini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

✅ Deputatlik nazorati doirasida mazkur qaror ijrosi, qurilish ishlarining sifati va ob’ektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish jarayonini nazorat qilish ishlari davom ettiriladi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 5