Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Bimurzayev tumanning “Qoramanas” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi A.Saydaliyev faoliyati, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada mehnatga layoqatli, ishsiz va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlikka jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganilib, ularning daromad manbalarini oshirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, imtiyozli kreditlar ajratish, subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, mahallada amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi, yaratilgan yangi ish o‘rinlari, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosi ham muhokama qilindi.

Slide 1 of 3