Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Deputatlik so‘rovi yuborildi



Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi 20-okrug deputati A. Anarov nomidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bosh mutaxassis X. Pulatova tomonidan ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan uchrashilib, ularning murojaatlari tinglandi hamda hududda mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlanishicha, kanalizatsiya tizimini almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng yog‘ingarchilik mavsumida ayrim ko‘chalarda yer cho‘kmalari yuzaga kelgan. Hozirgi kunda pudrat tashkiloti tomonidan ushbu cho‘kmalarni bartaraf etish va asfalt qoplamasini tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Abdulla Qodiriy (sobiq S. Rahimov) ko‘chasida ichimlik suvi quvuridan suv sizib chiqayotgani aniqlanib, mazkur holat asfaltlash ishlarining yakunlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi qayd etildi.

Mazkur muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida tegishli mas'ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilib, ichimlik suvi quvuridagi nosozlikni zudlik bilan bartaraf etish hamda asfaltlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Deputatlik so‘rovi ijrosi xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 4