Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
#Deputat_nazorati

Deputat 2026-yilning 1-yarim yilligi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining 5-Chinobod saylov okrugi deputati M. Muratayev tomonidan o‘z saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan ko‘rilgan choralar, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi sessiyalaridagi ishtiroki va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati haqida batafsil axborot berildi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilishi yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil olib borishini ta’kidladi.

Slide 1 of 3