Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari doirasida Chilonzor tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o'g'li o‘z saylov okrugi hududida joylashgan "3-Katta Chilonzor" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari, tuman bo‘limlari rahbarlari, kommunal xizmatlar, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, ichki ishlar organlari mas’ullari, mahalla yettiligi, ko'ngillilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida mahalla hududini obodonlashtirish, sanitariya holatini yanada yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, infratuzilmadagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay va obod muhit yaratishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, mas’ullarga belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, hududni namunali mahallaga aylantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Obod mahalla – Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va aholi farovonligining mustahkam poydevoridir.

Slide 1 of 3