Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputatlari A.Muhammadiyev va S.Abduvaliyevalar tomonidan xotin-qizlar tomonidan tayyorlanayotgan qo‘l mehnati mahsulotlari bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida mahalladagi xotin-qizlarning hunarmandchilik, tikish-bichish, kashtachilik va boshqa qo‘l mehnati orqali tayyorlayotgan mahsulotlari ko‘zdan kechirilib, ularning mehnati va tashabbuskorligi yuqori baholandi.
Mazkur faoliyat nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki milliy an’analarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Suhbat jarayonida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik va hunarmandchilik sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulotlarni bozorga chiqarish hamda realizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning mehnatsevarligi va ijodkorligini rag‘batlantirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda oila farovonligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Bu borada deputatlik korpusi tomonidan amaliy ko‘mak va doimiy e’tibor ta’minlanishi qayd etildi.

Slide 1 of 4