Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
Hududlardagi muammolar deputat va mas’ullar e’tiborida
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlari A.M.Muhammadiyev va S.Abduvaliyevalar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganishlar davomida madaniyat muassasasida aholining, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish hamda to‘garaklar faoliyatining holati tahlil qilindi.
Tahlillar jarayonida madaniyat sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi qayd etilgan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda faollikni yana-da kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, aholini madaniy tadbirlarga keng jalb etish, to‘garaklar qamrovini oshirish hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish borasida yechimini kutayotgan masalalar mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, ayrim tadbirlarning mazmun-mohiyatini boyitish, yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va madaniyat muassasasi faoliyatining natijadorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, madaniyat sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratda saqlanishi qayd etildi.

Slide 1 of 2