Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
DEPUTAT MUROJAATI NAZORATGA OLINDI: PENSIONERLAR UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILISHI MUHIM MASALA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya Viktorovna tomonidan hududdagi Xalq banki filialida fuqarolar, ayniqsa, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xizmat ko‘rsatish sharoitlari o‘rganildi.

✅O‘rganish jarayonida yozning jazirama issig‘ida ko‘plab pensionerlar o‘z pensiya to‘lovlarini olish uchun uzoq vaqt navbat kutishga majbur bo‘layotgani kuzatildi. Bu holat, ayniqsa, yoshi ulug‘ fuqarolar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirishi qayd etildi.

👉Shu munosabat bilan deputat tomonidan bank rahbariyati e’tiboriga fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, navbatlarni samarali tashkil etish, kutish joylarini soyabon va o‘rindiqlar bilan jihozlash hamda yoshi ulug‘ va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga alohida xizmat ko‘rsatish tartibini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔠Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolar uchun munosib va qulay xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi fuqarolarning murojaatlari va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni doimiy deputatlik nazoratida saqlashda davom etadi.

Slide 1 of 2