Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
DEPUTAT ISHTIROKIDA OILAVIY TOTUVLIKNI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Yunusobod tumani Oqtepa mahallasida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlarning ruhiy va ijtimoiy salomatligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Oilaviy totuvlik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

👉Tadbir “SOS Bolalar mahallalari” nodavlat notijorat tashkilotining Toshkent shahar filiali bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilarga psixologik ko‘mak ko‘rsatish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, shaxsiy rivojlanish hamda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

✅Tadbirda Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Dushanova hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati N.Usmanov ishtirok etib, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirishga qaratilgan bunday tashabbuslarning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslar doimiy qo‘llab-quvvatlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4