Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi diqqat markazida: Deputat Zamira Xodjayeva o‘quvchilarning bilim maskani faoliyati bilan tanishdi
янв.21
INDIVIDUAL REJA VA AMALIY YORDAM
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"TALQOQ" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR VA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

 Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan “Mahalla – islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati onlayn formatda o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari, doimiy komissiyalar raislari, shuningdek hududlarda “mahalla yettiligi” faoliyatiga daxldor davlat organlari va tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Davra suhbati davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, aholi muammolarini manzilli hal etish, mahalliy Kengashlar hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, mahalliy vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, mahallalarda aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, sektorlar, davlat organlari va jamoatchilik vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha fikr va takliflar almashilmoqda.

♻️ Tadbir yakunlari bo‘yicha mahallalarda islohotlarni samarali amalga oshirish, aholining muammolarini hal etish hamda “mahalla yettiligi” faoliyati natijadorligini oshirishga qaratilgan muhim tavsiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 2