Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Endi Machayga yanada ravon yo‘llar orqali boriladi

 Endi Machayga yanada ravon yo‘llar orqali boriladi

✔️ Boysun tumanining O'rta Machay, Yuqori Machay va Qizilnavr mahallalariga olib boruvchi avtomobil yo‘llarida ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida ushbu yo‘nalishda harakatlanish yanada qulay va xavfsiz bo‘lib bormoqda.

✔️ Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash nafaqat transport qatnovini yengillashtiradi, balki mahalla aholisining turmush sifatini oshirish, sayyohlik salohiyatini rivojlantirish hamda hududning iqtisodiy faolligini kuchaytirishga ham xizmat qiladi.

✔️ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi F.Tursunqulovga biriktirilgan 25-Machay saylov okrugi deputati H.Eshonqulov tomonidan olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mas'ullarga ishlarni sifatli bajarish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✔️ Yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tufayli mahallalar qiyofasi tobora o‘zgarib, aholi uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilma yaratilmoqda.

Slide 1 of 4