Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Kattabog‘ mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi

💬Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish raisi, 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi Kattabog‘ mahallasida bo‘lib profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

💬O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, muammoli oilalar va ijtimoiy jihatdan xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla faollari, tegishli tashkilotlar hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorligi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish borasidagi faoliyati ham tahlil qilindi.
Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.
O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida baho berildi.
Deputatlar tomonidan mahallada xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarga munosabat bildirish bilangina cheklanmasdan, ularning oldini olish, sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash hamda fuqarolar bilan manzilli profilaktik ishlash orqali yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, mahallada huquq-tartibotni mustahkamlash va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — hududdagi qonuniylik, xavfsizlik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash masalalarini doimiy nazoratda tutadi.

Slide 1 of 2