Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
19¹-modda. #Kengash_Qarori_ijrosi_deputat_nazoratida

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani
rivojlantirish ishlari holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Mengnarova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida "Yangiqurilish" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb ettirishga qaratilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Kengash qarori ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli
tavsiya va topshiriqlar berildi.
 

Mazkur nazorat tadbiri hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish hamda Kengash qarorlari ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini ta’minlashga xizmat qiladi. 

   

Slide 1 of 7