Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Qarorlar ijrosi yuzasidan saylovchilar murojaati asosida deputat so‘rovi yuborildi

BOLALARNI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QABUL QILISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MA’MURIY REGLAMENTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA 2018-yil 28-martdagi 244-son VMQ

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish, navbat asosida joylashtirish hamda ushbu yo‘nalishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Mazkur murojaatlardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Hidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Keldibekov Farhod Uralovichga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” talablarining tumandagi ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Xususan, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish va navbat asosida joylashtirish jarayonining amaldagi holati, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko‘tarilayotgan masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot so‘raldi.

Shuningdek, Ma’muriy reglament talablarining to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlarni taqdim etish so‘ralgan.

Deputatlik so‘rovining asosiy maqsadi — saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish, ularning qonuniy yechimiga ko‘maklashish hamda mas’ul tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot olishdan iborat.

Saylovchilar murojaatlari — deputat e’tiborida!

Slide 1 of 2