Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
#_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
#_24_ta_masala
#_deputat_faoliyati
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari manzilli o‘rganildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor aholini ish bilan ta’minlash va bandligini oshirish masalalariga qaratildi. Jumladan, ishsiz fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasbiy ko‘nikmalarini inobatga olgan holda munosib ishga joylashtirish hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Shuningdek, fuqarolarga mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar, kasb-hunarga o‘qitish dasturlari, subsidiya va imtiyozlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun nazoratga olindi.
Slide 1 of 3