Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON MAHALLASIDA IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK O‘RGANISHI: 21-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MANFAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi A. Xoliqov bilan birgalikda “Allon” mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tushuntirish va amaliy suhbat o‘tkazdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK TASHABBUSI — YANGI ISH O‘RINLARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FARZAND UCHUN TUG‘ILGANLIK GUVOHNOMASI OLIB BERILDI
янв.21
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
KO‘KCHA OQTEPA MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik

KO‘KCHA-OQTEPA MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan deputati va Ko‘kcha Oqtepa mahallasi raisi Imamov Sabitjon Xudaynazarovich tomonidan mahallada navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish davomida mahalladagi muammolar ko‘chama-ko‘cha ko‘rib chiqilib, aholi murojaatlari, obodonlashtirish, ichki ko‘chalar, tungi yoritish hamda yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyati ham o‘rganildi.

🏫 Mahalla hududidagi ijtimoiy soha obyektlarining holati ham ko‘zdan kechirilib, jumladan, 245-sonli va 81-sonli umumta’lim maktablari, 505-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda aholi uchun xizmat ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarining faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Zarnigor Kuziyeva va Umidbek Abilov ham ishtirok etishdi. O'rganish va fikr-mulohazalarni inobatga olib, mahalla hududidagi transformator punktlari (TP), gaz taqsimlash punktlari (GTP), yer osti yong'in suv gidrantlarining texnik holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorligi bo'yicha tumandagi mas'ullarni jalb qilgan holda ushbu hafta davomida reja asosida ko'zdan kechirib, soz holatdaligi bo'yicha qabul qilib olish tadbirlarini o'tkazish belgilandi.

📈 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va topshiriqlar berilib, masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6